Yo‘llar yangilanmoqda

Date:

Surxondaryo viloyatida Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi yirik infratuzilma loyihasi doirasida 4R105 “Darband–Boysun–Elbayon” va 4R100 “Mang‘uzor–Jarqo‘rg‘on–Bandixon–Oltinsoy–Denov” avtomobil yo‘llarining 111 kilometrlik qismida rekonstruksiya ishlari davom etmoqda.

Qiymati 183,8 million AQSH dollariga teng loyiha hududda transport qatnovini yaxshilash, harakat xavfsizligini oshirish hamda iqtisodiy faollikni kuchaytirishga xizmat qiladi.

Bugungi kunga qadar yo‘lning asosiy qatlamlari va sementbeton qoplamalarini yotqizish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirildi. Shu bilan birga, ekologiyaga ham alohida e’tibor qaratilib, minglab daraxtlar boshqa hududlarga ko‘chirib o‘tqazildi.

Mazkur loyiha Surxondaryoning tranzit va transport salohiyatini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun