Sel suvlari endi iqtisodiy imkoniyatga aylantiriladi

Date:

O‘zbekistonda sel-toshqin suvlaridan samarali foydalanish, suv ta’minotini yaxshilash hamda yangi yer maydonlarini o‘zlashtirish maqsadida 2027-yildan boshlab 5 ta yangi sel-suv ombori quriladi.

Prezident qaroriga ko‘ra, Samarqand, Toshkent va Jizzax viloyatlarida amalga oshiriladigan loyihalar orqali minglab gektar yerlarning suv ta’minoti yaxshilanadi hamda qo‘shimcha ekin maydonlari o‘zlashtiriladi.

Shuningdek, sel-suv omborlari atrofida turistik-rekreatsion zonalar tashkil etish, baliqchilikni rivojlantirish va yangi daromad manbalarini yaratish ham rejalashtirilgan.

Mazkur tashabbus suv resurslaridan oqilona foydalanish va qishloq xo‘jaligi samaradorligini oshirishda muhim qadam bo‘lishi kutilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxondaryoda 2 mingdan ortiq vakansiya mavjud

Surxondaryoda ish izlayotgan fuqarolar uchun qurilish sohasi va yirik...

Ekologiya kuzatuvda

Surxondaryoda atrof-muhitga ta’siri yuqori bo‘lgan korxonalar ustidan ekologik nazorat...

Jangovar shayligi mustahkamlandi

Surxondaryo viloyatida joylashgan DXX Chegara qo‘shinlariga qarashli harbiy qismlardan...

Yangi loyihalar muhokama qilindi

Surxondaryo viloyatining Rossiya hududlari bilan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarini...
KunTun
KunTun