Mahoratlar sinovdan oʻtdi

Date:

“Termiz shahrida o‘tkazilgan “Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari” respublika kasbiy mahorat tanlovi yoshlarning kasbiy salohiyati va amaliy ko‘nikmalarini namoyon etdi. Tanlovda oshpazlik, sartaroshlik, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish, kompyuter grafikasi, payvandlash, elektromontaj kabi bir qator yo‘nalishlarda qizg‘in bellashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Ishtirokchilar nazariy bilim bilan birga amaliy mahoratini ham sinovdan o‘tkazib, o‘z kasbiga bo‘lgan qiziqishi va ijodkorligini ko‘rsatdi. Hakamlar ish sifatini, innovatsion yondashuvni hamda texnika xavfsiziga rioya etilishini asosiy mezon sifatida baholadi.

Mazkur tanlov yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, zamonaviy mutaxassislarni tayyorlash hamda bandlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mahalla faoliyati raqamli nazoratda

Mahallalarda ish samaradorligini oshirish, mas’ul xodimlar faoliyatini muntazam kuzatib...

“Guliston”da yangi yashil hudud barpo etiladi

Yashil hududlarni kengaytirish faqat ko‘chat ekish bilan cheklanmaydi. Buning...

Xurmo tashqi bozorga yo‘l olmoqda

Qishloq xo‘jaligida yetishtirilgan mahsulotning bozorbopligini oshirish va uni eksportga...

Kuchlilar aniqlandi

Chaqqonlik, tezkorlik va jamoaviy hamjihatlikni sinovdan o‘tkazgan “Quvnoq startlar”...
KunTun
KunTun