Natijadorlik va mas’uliyat talabi

Date:

Ta’lim, ilm-fan, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sifati aholining hayot darajasi, kelajak avlod salohiyati hamda jamiyat taraqqiyotini belgilovchi muhim omillardandir. Bu yo‘nalishlarda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, mavjud muammolarni bartaraf etish va ish samaradorligini oshirish masalalari Surxondaryoda o‘tkazilgan yig‘ilishda muhokama qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — Ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov raisligida Termiz davlat pedagogika institutida o‘tkazilgan yig‘ilishda maktabgacha va maktab ta’limi, oliy ta’lim, sog‘liqni saqlash hamda ijtimoiy soha tashkilotlari rahbarlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar mas’ullari ishtirok etdi. Hududiy studiyalar orqali tegishli mutasaddilar ham videokonferensaloqa shaklida qatnashdi.

Yig‘ilishda ta’lim muassasalarida o‘qitish sifati va samaradorligini oshirish, pedagoglar salohiyatini yuksaltirish, o‘quvchi va talabalar bilimini mustahkamlash, oliy ta’lim, ilm-fan hamda ishlab chiqarish o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilash, sog‘liqni saqlash tizimidagi muammolarni hal etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy xizmatlar samaradorligini oshirish bo‘yicha vazifalar muhokama qilindi.

Sohalarda ijobiy tajribalarni ommalashtirish, samarasiz ish usullarini qayta ko‘rib chiqish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi qayd etildi. Muhokamalar yakunida sohalar va hududlar kesimida ustuvor vazifalar belgilandi. Mas’ul rahbarlarga mavjud muammolarni manzilli hal etish, topshiriqlar ijrosini ta’minlash hamda erishiladigan natijalar uchun shaxsiy mas’uliyatni oshirish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mahalla faoliyati raqamli nazoratda

Mahallalarda ish samaradorligini oshirish, mas’ul xodimlar faoliyatini muntazam kuzatib...

“Guliston”da yangi yashil hudud barpo etiladi

Yashil hududlarni kengaytirish faqat ko‘chat ekish bilan cheklanmaydi. Buning...

Xurmo tashqi bozorga yo‘l olmoqda

Qishloq xo‘jaligida yetishtirilgan mahsulotning bozorbopligini oshirish va uni eksportga...

Kuchlilar aniqlandi

Chaqqonlik, tezkorlik va jamoaviy hamjihatlikni sinovdan o‘tkazgan “Quvnoq startlar”...
KunTun
KunTun