Ilg‘or tajribalar o‘rganildi

Date:

Hududlarda aholi bandligini ta’minlash, tomorqadan samarali foydalanish va oilalar daromadini oshirish borasidagi ilg‘or tajribalarni ommalashtirish bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir. Shu maqsadda Qiziriq tumanining Yangi hayot, Kunchiqish, Zarabot va Yangikent mahallalari raislari, hokim yordamchilari, mahalla faollari hamda nuroniylari Angor tumanining Ilg‘or va Bahor mahallalarida bo‘lib, amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.

Tashrif davomida mehmonlar aholi xonadonlarida bo‘lib, tomorqadan unumli foydalanish, yetishtirilgan mahsulotlarni eksportga yo‘naltirish, “Agro Star” loyihasi doirasidagi faoliyat hamda polietilen savat ishlab chiqarish jarayonlarini ko‘zdan kechirdilar.

Shuningdek, mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va tomorqachilik orqali iqtisodiy samaradorlikka erishish borasida o‘zaro fikr almashilib, ilg‘or tajribalarni boshqa hududlarda ham keng joriy etish masalalari muhokama qilindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bola huquqlariga oid bilimlar mustahkamlandi

Denov tumanida profilaktika inspektorlari ishtirokida “Xalqaro standartlar va milliy...

Roziliksiz reklama SMSlari taqiqlanadi

2026-yil 1-noyabrdan boshlab fuqarolarga ularning roziligisiz reklama mazmunidagi SMS-xabarlar...

Tabiat himoyasi kuchaytirildi

Anomal issiq ob-havo sharoitida Yuqori To‘palang milliy tabiat bog‘ida...

Portal imkoniyatlari kengayadi

Prezident qaroriga muvofiq, 2026-yil 1-oktyabrdan Yagona interaktiv davlat xizmatlari...
KunTun
KunTun