Jarqo‘rg‘onlik velosportchilar g‘olib

Date:

Velosport — chidamlilik, tezlik va matonatni sinovdan o‘tkazadigan sport turlaridan biri bo‘lib, yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishda muhim o‘rin tutadi. So‘nggi yillarda ushbu sport turiga bo‘lgan qiziqish ortib, hududlarda iqtidorli sportchilar yetishib chiqmoqda.

Sport turlari bo‘yicha Prezident olimpiadasining 2-bosqich — Surxondaryo viloyati hokimi olimpiadasi doirasida o‘tkazilgan velo sport musobaqasida Jarqo‘rg‘on tuman sport maktabi sportchilari munosib ishtirok etib, yuqori natijalarni qayd etdilar hamda faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdilar.

Mazkur g‘alaba orqali jarqo‘rg‘onlik sportchilar Prezident olimpiadasining respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritib, viloyat sharafini himoya qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Bu natija yosh sportchilarning mehnati, murabbiylarning fidoyiligi va sportga qaratilayotgan e’tibor samarasi bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Noyob topilmalar tadqiq etilmoqda

Sho‘rchi tumanida 2023-yilda aniqlangan Ozod arxeologik yodgorligida bronza davriga...

Yo‘llarda tozalikni saqlashning oddiy yechimi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi yo‘l va dalalar atrofida chiqindilar to‘planishining...

Harakatdagi mahalla

Muzrabot tumanining "Oriyat" mahallasida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini...

Jamoamiz kuchli uchlikda

Toshkent shahrida ayollar o‘rtasida suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi...
KunTun
KunTun