Yangi maktab — yangi imkoniyat

Date:

Mamlakatimizda ta’lim tizimini rivojlantirish, yosh avlod uchun zamonaviy va qulay o‘quv muhitini yaratishga qaratilayotgan e’tibor amaliy ishlarda yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Ayniqsa, hududlarda yangi maktab binolarining bunyod etilishi va mavjud ta’lim maskanlarining rekonstruksiya qilinishi o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishi uchun muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Sariosiyo tumanidagi 23-sonli umumta’lim maktabining yangi o‘quv binosi foydalanishga topshirildi. Ochilish marosimida tuman hokimligi, maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ullari, ota-onalar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbir davomida mehmonlar rekonstruksiya qilingan maktabda yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Yangi binoda yorug‘ va qulay sinf xonalari, zamonaviy jihozlar hamda sifatli ta’lim olish uchun barcha zarur imkoniyatlar yaratilgan.

Mazkur ta’lim maskani o‘quvchilarning puxta bilim olishi, zamonaviy kasb-hunarlarni egallashi hamda kelajakda yurt ravnaqiga munosib hissa qo‘shadigan barkamol avlod bo‘lib voyaga yetishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Oldingi sahifaMarrani zabt etdi
Keyingi sahifaOltinsoyda muhim voqea

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Noyob topilmalar tadqiq etilmoqda

Sho‘rchi tumanida 2023-yilda aniqlangan Ozod arxeologik yodgorligida bronza davriga...

Yo‘llarda tozalikni saqlashning oddiy yechimi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi yo‘l va dalalar atrofida chiqindilar to‘planishining...

Harakatdagi mahalla

Muzrabot tumanining "Oriyat" mahallasida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini...

Jamoamiz kuchli uchlikda

Toshkent shahrida ayollar o‘rtasida suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi...
KunTun
KunTun