Oltinsoyda muhim voqea

Date:

Mamlakatimizda maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish, bolajonlar uchun zamonaviy va qulay ta’lim muhitini yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, hududlarda yangi maktabgacha ta’lim tashkilotlarining foydalanishga topshirilishi yosh avlodning sifatli tarbiya va ta’lim olishi uchun muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

Oltinsoy tumanida 21-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tuman hokimi Otabek Mavlyanov, soha mas’ullari, nuroniylar, ota-onalar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Marosim davomida mehmonlar bolajonlar uchun yaratilgan zamonaviy sharoitlar, qulay o‘quv va tarbiyaviy muhit bilan yaqindan tanishdilar. Ta’kidlanganidek, yangi MTTning ishga tushirilishi hududda maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirish, bolalarning intellektual va ma’naviy rivojlanishi uchun mustahkam zamin yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun