Qadriyatdan metodlargacha…

Date:

“Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichida Surxondaryo viloyati sharafini munosib himoya qilgan tarbiyachilar faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.

“Ma’naviy qadriyatlar tarbiyachisi” nominatsiyasida Uzun tumanidagi 12-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi Ra’no Kenjayeva 2-o‘rinni egallab, 20 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Shuningdek, “Eng yaxshi o‘yin orqali ta’lim beruvchi tarbiyachi” nominatsiyasida Termiz shahridagi 26-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi Hulkar Jo‘rayeva 3-o‘ringa sazovor bo‘lib, 15 million so‘m pul mukofotini qo‘lga kiritdi.

Mazkur yutuqlar maktabgacha ta’lim tizimida fidokorona mehnat qilayotgan tarbiyachilarning bilim va salohiyatiga berilgan yuksak e’tirofdir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Kelajak intellekti” g‘oliblari aniqlandi

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilgan “Kelajak intellekti” olimpiadasining viloyat bosqichi yosh...

Yosh iste’dodlar kashf etildi

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi Bo‘zatov fest — “Yoshlar ovozi–2026”...

Chorvachilikda yangi imtiyozlar

O‘zbekistonda chorvachilikni rivojlantirish va mahsuldorlikni oshirish maqsadida yangi soliq...

Surxon bioxilma-xilligi xalqaro olimlar nigohida

Termiz davlat universiteti olimlari dunyoga mashhur malakolog va xalqaro...
KunTun
KunTun