“Amudaryo” oromgohi bolajonlarni kutmoqda

Date:

Yozgi ta’til mavsumi boshlanishiga sanoqli kunlar qolgan bir paytda Termiz shahar hokimi Sharofiddin Lolayev boshchiligida “Amudaryo” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohiga tashrif buyurildi.

Tashrif davomida oromgohdagi mavjud sharoitlar, bolalarning mazmunli va xavfsiz hordiq chiqarishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda yozgi mavsumga tayyorgarlik ishlari ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, ta’mirtalab hududlarni tartibga keltirish, zarur jihozlarni yangilash va oromgohni mavsumga to‘liq tayyor holatga keltirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Bugungi tayyorgarlik ishlari bolajonlarning yozgi ta’tilni maroqli, xavfsiz va unutilmas taassurotlar bilan o‘tkazishini ta’minlashga xizmat qiladi. Oromgohda ularning sport va madaniy tadbirlarda faol ishtirok etishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun