Xalqaro o‘zbek tili olimpiadasi yo‘lga qo‘yiladi

Date:

O‘zbek tilining xalqaro nufuzini oshirish va xorijdagi vatandosh yoshlarning ona tiliga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish maqsadida yangi tartib joriy etildi. Hukumatning 250-son qarori bilan Alisher Navoiy nomidagi xalqaro o‘zbek tili olimpiadasini tashkil etish va o‘tkazish tartibi tasdiqlandi.

Mazkur olimpiadada 14–18 yoshdagi xorijda yashovchi vatandosh o‘quvchilar yakka yoki jamoaviy tarzda ishtirok etishi mumkin. Bellashuv har yili ikki bosqichda — test va yozma ish shaklida o‘tkaziladi.

Ishtirokchilar o‘zbek tili, adabiyoti va ijodiy fikrlash bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazadilar. Yozma bosqichda esa ishtirokchilar tanlangan mavzu asosida esse yozadi.

Olimpiada g‘olib va sovrindorlari medal, diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi. Ushbu tashabbus xorijdagi yoshlar orasida o‘zbek tili va milliy qadriyatlarga hurmatni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Noyob topilmalar tadqiq etilmoqda

Sho‘rchi tumanida 2023-yilda aniqlangan Ozod arxeologik yodgorligida bronza davriga...

Yo‘llarda tozalikni saqlashning oddiy yechimi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi yo‘l va dalalar atrofida chiqindilar to‘planishining...

Harakatdagi mahalla

Muzrabot tumanining "Oriyat" mahallasida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini...

Jamoamiz kuchli uchlikda

Toshkent shahrida ayollar o‘rtasida suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi...
KunTun
KunTun