Milliy xotira va ma’naviyat maskani

Date:

18-may — Xalqaro muzeylar kuni munosabati bilan Surxondaryo viloyatida yoshlar va harbiy xizmatchilar uchun ma’naviy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi. Tadbirda Termiz va Xayraobod garnizonlari harbiylari, ularning oila a’zolari hamda yoshlar ishtirok etdi.

Sayohat davomida ishtirokchilar Termiz san’at va madaniyat muzeyi, Termiz arxeologiya muzeyi hamda Denov tumanidagi Surxondaryo milliy qadriyatlar muzeyida bo‘lib, xalqimiz tarixi va boy madaniy merosini aks ettiruvchi noyob eksponatlar bilan tanishdilar.

Mutaxassislar tomonidan tarixiy merosni asrash, milliy qadriyatlarni kelajak avlodga yetkazish borasidagi ishlar haqida ma’lumotlar berildi. Mazkur tadbir yoshlarda vatanparvarlik, milliy g‘urur va tarixiy merosga hurmat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Termiz tongi badantarbiya bilan boshlandi

Termiz shahrida aholi o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish va sog‘lom...

Ishlar jadallashdi

Oltinsoy tumanidagi “Shirin-ijyu” fermer xo‘jaligi dalalarida paxta hosilini yig‘ib-terib...

“Elobod”da yangi qurilish materiallari korxonalari barpo etilmoqda

Qumqo‘rg‘on tumanining “Elobod” mahallasida yangi sanoat loyihalari amalga oshirilmoqda....

Yo‘l bo‘ylariga chiqindi qutilari o‘rnatilmoqda

Davlat ahamiyatidagi D-167 avtomobil yo‘lining Bandixon tumaniga kirish qismidan...
KunTun
KunTun