Rejasi barbod boʻldi

Date:

​DXX, Chegara qoʻshinlari va Bojxona qoʻmitasi hamkorligida Surxondaryoda yirik narkotrafik toʻxtatib qolindi. Afgʻonistondan “Termiz-avto” posti orqali kirib kelgan yuk mashinasi tirkamasidagi “Doosan” ekskavatori skanerdan oʻtkazilganda, uning koʻtargich qismi (“strela”) ichiga giyohvandlik moddalari yashirilgani aniqlandi.

​Maxsus texnik vositalar yordamida ekskavator ichidan jami 593 kilogramm “gashish” va 3 kilogramm “opiy” vositalari olib chiqildi. Jinoiy guruh aʼzolari tong saharda harbiylar sergakligini yoʻqotishiga umid qilgan, biroq ularning rejasi barbod boʻldi.

​Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 246- va 273-moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, narkotik moddalar egalarini qoʻlga olish choralari koʻrilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun