Timsolimiz Oq bo‘ri

Date:

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi milliy terma jamoaning Jahon chempionati uchun rasmiy timsoli — “Bek” ismli oq bo‘rini taqdim etdi.

Ta’kidlanishicha, oq bo‘ri turkiy xalqlar tarixida kuch, jasorat va erkinlik ramzi hisoblanadi. Shu bilan birga, “Oq bo‘rilar” nomi yillar davomida O‘zbekiston terma jamoasining muxlislar orasidagi timsoliga aylangan.

“Bek” obrazi mahalla futbolida ulg‘aygan, katta orzular bilan yashaydigan va g‘alabaga intiluvchi yoshlar ruhini ifodalaydi. Ushbu timsol orqali muxlislar bilan turli loyihalar va uchrashuvlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘z tarixida ilk bor futbol bo‘yicha Jahon chempionatida ishtirok etadi.

Oldingi sahifaEkologiyaga zarba
Keyingi sahifaKim fazoga uchadi?

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

Tadbirkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash hamda tadbirkorlarning qonuniy...

“Ziyoli kelajak” loyihasi Boysunda

“Yuksalish” harakati tomonidan mamlakatimiz ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan yirik...

O‘zbek tili bilimdonlari saralandi

Termiz davlat universitetida xorijlik talabalar o‘rtasida o‘zbek tili fanidan...

Raqiblarin ortda qoldirdi

Qirg‘iziston Respublikasining Talas shahrida yengil atletika bo‘yicha “Manas Demi”...
KunTun
KunTun