Fermerlar moliyaviy qo‘llab-quvvatlanadi

Date:

O‘zbekistonda paxta va bug‘doy yetishtiruvchilarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi mexanizm joriy qilindi. Prezident Farmoniga ko‘ra, 2026-yil hosilidan boshlab fermer va klasterlarga to‘langan kredit foizlarining bir qismi davlat tomonidan kompensatsiya qilinadi.

Yangi tartibga muvofiq, paxta yetishtirish uchun olingan imtiyozli kreditlarni muddatida qaytargan xo‘jaliklarga foiz to‘lovlarining bir qismi qoplab beriladi. Kredit yil yakunigacha to‘liq yopilganda esa kompensatsiya miqdori yanada oshadi. Bug‘doy yetishtiruvchilar ham kreditlarni o‘z vaqtida so‘ndirgan taqdirda foiz xarajatlari uchun davlat ko‘magiga ega bo‘ladi.

Shuningdek, paxta-to‘qimachilik klasterlari va to‘qimachilik korxonalariga tijorat kreditlari bo‘yicha ham qo‘shimcha yengilliklar berildi.

Mazkur mexanizm qishloq xo‘jaligida moliyaviy yukni kamaytirish, fermerlarning aylanma mablag‘larini saqlab qolish hamda paxta va g‘alla yetishtirish samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Oldingi sahifaBokschi qiz finalda
Keyingi sahifaXirmonga baraka kirdi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

MASHAQQATLI MEHNAT VA BAXT NASHIDASI

Bu bitigimiz 94 yoshli Aliqul bobo Tosh o‘g‘li va...

Qumqo‘rg‘onda raqamli xizmatlar markazi ish boshladi

Qumqo‘rg‘on tumanida aholiga zamonaviy axborot texnologiyalari va raqamli xizmatlarni...

Teng huquq — teng imkoniyat: ayollar himoyasining yangi mezonlari

Inson huquq va erkinliklarini ta’minlash demokratik huquqiy davlatning muhim...

Favqulodda vaziyatlarda volontyor — ko‘makchi kuch va insonparvarlik timsoli

            Favqulodda vaziyatlar inson hayoti va salomatligiga, mol-mulk...
KunTun
KunTun