Hududiy bosqich g‘oliblari aniqlandi

Date:

Surxondaryo viloyatida “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” doirasidagi kompleks sport musobaqalarining stritbol turi bo‘yicha hududiy bosqich bo‘lib o‘tdi. Unda 6 ta oliy ta’lim muassasasi talabalari o‘zaro bellashdi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, o‘g‘il bolalar jamoalari o‘rtasida Termiz davlat universiteti (TerDU) talabalari 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Qizlar jamoalari bahsida esa Termiz davlat pedagogika instituti (TerDPI) vakillari g‘olib bo‘ldi.

Mazkur musobaqa yoshlar o‘rtasida sportga qiziqishni oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Noyob topilmalar tadqiq etilmoqda

Sho‘rchi tumanida 2023-yilda aniqlangan Ozod arxeologik yodgorligida bronza davriga...

Yo‘llarda tozalikni saqlashning oddiy yechimi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi yo‘l va dalalar atrofida chiqindilar to‘planishining...

Harakatdagi mahalla

Muzrabot tumanining "Oriyat" mahallasida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini...

Jamoamiz kuchli uchlikda

Toshkent shahrida ayollar o‘rtasida suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi...
KunTun
KunTun