Armiya — bilim va kasb maktabi

Date:

Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik barcha sohalarda o‘zining amaliy ifodasini topmoqda. Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni tomonidan xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida belgilangan vazifalar asosida muddatli harbiy xizmatchilarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim va kasbiy ko‘nikmalarini oshirish borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan “Bitta askar – bitta kasb” tamoyili bugungi kunda harbiy qismlarda samarali tatbiq etilib, yoshlarning xizmat davomida bir vaqtning o‘zida kasb-hunar egallashi uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda.

Ana shu ezgu tashabbus ijrosini ta’minlash maqsadida Janubi-G‘arbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Xayraobod, Kakaydi hamda Termiz garnizonlarida joylashgan harbiy qismlarda oliy ta’lim muassasalari, kollej va texnikumlar bilan hamkorlik memorandumlari imzolandi. Mazkur hamkorlik doirasida muddatli harbiy xizmatchilar uchun maxsus o‘quv kurslari tashkil etildi.

Bugungi kunda harbiy xizmatchilar harbiy qism hududlarida hamda yaqin atrofdagi oliygoh, kollej va texnikumlarda turli kasblarga o‘qitilmoqda. Shuningdek, ular uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlariga tayyorlov bo‘yicha bepul dars mashg‘ulotlari ham yo‘lga qo‘yilgan. Bu esa askarlarning xizmatdan so‘ng munosib kasb egasi bo‘lib jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga mustahkam zamin yaratmoqda.

Mazkur jarayonlarda axborot texnologiyalari, texnik mutaxassisliklar, til o‘rganish, tadbirkorlik va boshqa zamonaviy yo‘nalishlar bo‘yicha amaliy bilimlar berilayotgani yoshlarning intellektual salohiyatini yanada oshirishga xizmat qilmoqda. Shu bilan birga, harbiy xizmatchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va kelajakka ishonch bilan qarash hissini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bu kabi imkoniyatlar yoshlarning nafaqat harbiy sohada, balki fuqarolik hayotida ham munosib o‘rin egallashi, ish bilan ta’minlanishi va yurt taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishiga xizmat qiladi. Zero, bilimli, kasbli va vatanparvar yoshlar — Yangi O‘zbekiston kelajagining mustahkam poydevoridir.

Akbar AXMEDOV,

III darajali serjant

Termiz garnizoni

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bola huquqlariga oid bilimlar mustahkamlandi

Denov tumanida profilaktika inspektorlari ishtirokida “Xalqaro standartlar va milliy...

Roziliksiz reklama SMSlari taqiqlanadi

2026-yil 1-noyabrdan boshlab fuqarolarga ularning roziligisiz reklama mazmunidagi SMS-xabarlar...

Tabiat himoyasi kuchaytirildi

Anomal issiq ob-havo sharoitida Yuqori To‘palang milliy tabiat bog‘ida...

Portal imkoniyatlari kengayadi

Prezident qaroriga muvofiq, 2026-yil 1-oktyabrdan Yagona interaktiv davlat xizmatlari...
KunTun
KunTun