2,3 ming nafar fuqaroga jihozlar topshirildi

Date:

Prezidentimizning aholi bandligini ta’minlash, reyestrga kiritilgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularni kambag‘allikdan chiqarishga qaratilgan qaror va topshiriqlari ijrosi doirasida Surxondaryo viloyatida manzilli ishlar amalga oshirilmoqda.

Fuqarolarning doimiy daromad manbai topishi, o‘zini o‘zi band qilishi va tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishi uchun amaliy ko‘maklar ko‘rsatib kelinmoqda.

Navbatdagi tadbirda 2 ming 318 nafar fuqaroga jami 2 ming 711 ta jihoz va asbob-uskunalar ssuda asosida topshirildi. Tadbir Termiz shahri hamda tuman studiyalari bilan onlayn formatda o‘tkazildi. Fuqarolarga tikuvchilik, xizmat ko‘rsatish, hunarmandchilik va ishlab chiqarish yo‘nalishlarida foydalanish uchun zarur jihozlar berildi.

Mazkur tashabbus aholi bandligini ta’minlash, oilalar daromadini oshirish, kichik tadbirkorlikni rivojlantirish va ehtiyojmand oilalarni kambag‘allikdan chiqarishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun