Jabrlanganlarga amaliy yordam ko‘rsatildi

Date:

Oltinsoy tumanining “Karasagan” mahallasida yuzaga kelgan sel oqibatida zarar ko‘rgan fuqarolar holidan xabar olinib, ularga tezkor yordam ko‘rsatildi. Tuman hokimi Otabek Mavlyanov va mutasaddi tashkilotlar vakillari hududga chiqib, xonadonlar ahvolini o‘rgandi.

Jabrlangan oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari, qurilish materiallari va zarur buyumlar yetkazib berildi. Shuningdek, uy-joylarni tiklash, hududni tozalash ishlari bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

Mazkur sa’y-harakatlar tabiiy ofat oqibatlarini qisqa muddatda bartaraf etish, fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash va ularning hayotini tezda izga solishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Grantlar biznesga yo‘l ochar

Xotin-qizlarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning daromad manbalarini kengaytirish va...

Daraxtlarga nafas bering

Termiz shahar ekologik muhitini yaxshilash va yashil hududlarni asrashga...

Qilmishi javobsiz qolmadi

Tabiatga beparvo munosabat nafaqat atrof-muhitga, balki inson salomatligi va...

Murojaat yechim topdi

Jarqo‘rg‘on tumanida fuqarolar murojaati asosida ichimlik suvi ta’minoti bilan...
KunTun
KunTun