Talabalar “Munozara”da faol

Date:

Termiz davlat universitetida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Munozara” intellektual o‘yinining hududiy bosqichi o‘tkazildi. Unda viloyatdagi OTMlardan kelgan iqtidorli yoshlar turli mavzular yuzasidan o‘z fikrlarini asoslab, bahs-munozaralarda faol ishtirok etdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, 1-o‘rinni Termiz davlat universiteti, 2-o‘rinni Toshkent tibbiyot universiteti Termiz filiali, 3-o‘rinni Termiz iqtisodiyot va servis universiteti jamoalari qo‘lga kiritdi.

Mazkur intellektual o‘yin yoshlarning tanqidiy fikrlashini rivojlantirish, nutq madaniyatini oshirish hamda ularni erkin fikr bildirishga undashi bilan muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Toshkent sahnasida “Momo yer”

Toshkentdagi Muqimiy teatrida Respublika teatr festivali doirasida Surxondaryo, Samarqand...

Hakim Termiziy merosi dunyo olimlari nigohida

Termiz shahridagi Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida buyuk alloma...

O‘quvchilar harbiylar bilan uchrashdi

Denov tumanidagi 76-sonli umumta’lim maktabida Xayrabod garnizonida joylashgan harbiy...

Yagona imtihon joriy etiladimi?

O‘zbekistonda maktab o‘quvchilarining bilimini baholash va yakuniy imtihonlar tartibini...
KunTun
KunTun