Folklor jamoalar bir sahnada jam

Date:

“Boysun bahori” xalqaro folklor festivali doirasidagi ko‘rik-tanlov qizg‘in davom etmoqda. Unda O‘zbekistonning yetakchi folklor jamoalari bilan bir qatorda Buyuk Britaniya, Indoneziya, Vengriya, Slovakiya, Gretsiya, Yaponiya, Ozarbayjon, Qirg‘iziston va Qozog‘istondan tashrif buyurgan ijodiy guruhlar ham ishtirok etmoqda.

Kunning ikkinchi yarmida Pokiston, Belgiya, Angliya va Belorussiya jamoalari o‘z chiqishlarini namoyish etdi. Ularning ijrochilik mahorati xalqaro darajadagi hakamlar hay’ati tomonidan baholanmoqda.

Mazkur festival milliy an’ana va qadriyatlarni asrab-avaylash, ularni dunyoga keng targ‘ib etish, shuningdek, turli xalqlar o‘rtasida madaniy aloqalarni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Festival yakunida g‘olib va sovrindorlar tantanali ravishda taqdirlanadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun