Kuch va mahorat sinovi

Date:

Termiz shahrida yoshlar o‘rtasida dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqasi o‘tkazildi. U Yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabida bo‘lib o‘tdi va Qoraqalpog‘iston, Toshkent shahri hamda viloyatlardan 600 ga yaqin sportchi ishtirok etdi.

3 kun davomida o’tgan bellashuvlarda yosh dzyudochilar jismoniy mahorat va tayyorgarliklarini namoyish etib, g‘oliblar safidan joy olishdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, umumiy hisobda 1-o‘rin Toshkent viloyati, 2-o‘rin Samarqand viloyati, 3-o‘rin Surxondaryo viloyati jamoalariga nasib etdi.

G‘oliblarga medallar va diplomlar topshirildi, endilikda ular O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida xalqaro musobaqalarda ishtirok etadi, bu esa yosh sportchilarning salohiyati va milliy sport rivojiga katta hissa qo‘shadi.

Oldingi sahifaXavfsiz va shaffof…
Keyingi sahifaQadriyatlar jonlandi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mehnatga munosib ehtirom

Jamiyat taraqqiyoti yo‘lida fidokorona xizmat qilgan insonlarni e’zozlash —...

Har bir topilma — tarixga qo‘shilgan yangi sahifa

Ba’zi tarixiy maskanlar o‘tmish haqida hikoya qilmaydi — ular...

Xalqaro hamkorlik ko‘lami belgilandi

Bugungi kunda universitetlar nufuzi nafaqat ichki salohiyat, balki xalqaro...

Oila qayta tiklandi

Ba’zan eng muhim natija sud qarorlari yoki ijro hujjatlari...
KunTun
KunTun