Xavfsiz va shaffof…

Date:

Sariosiyo tumanida davlat rahbari topshiriqlari ijrosi va muborak Ramazon oyini inobatga olgan holda arzonlashtirilgan oziq-ovqat yarmarkasi samarali tashkil etildi. Bozorlar raqamlashtirilishi orqali savdo jarayoni tartibli, xavfsiz va shaffof tarzda olib borilmoqda.

Tuman hokimi Odiljon Yaqubov bozor faoliyatini joyida o‘rgandi, situatsion markaz ishini va raqamlashtirish bosqichlarini ko‘zdan kechirdi, tushumlar va savdo natijalari bilan tanishdi. Ramazon yarmarkasida aholiga qulay shart-sharoitlar, barqaror narxlar va sanitariya talablari ta’minlangan.

O‘rganish natijasida yarmarka faoliyatini kengaytirish, zarur mahsulotlarni maqbul narxlarda yetkazib berish, narxlarni asossiz oshishining oldini olish hamda bozorda tartib va shaffoflikni mustahkamlash bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun