150 gektarda erta pishar qovun

Date:

Muzrabot tumanida qishloq xo‘jaligi sohasida yana bir yirik loyiha amalga oshirilmoqda. Jumladan, “Biznes Logistik” MCHJ tomonidan tumandagi 150 gektar yer maydonida qovunning serhosil, erta pishar navlarini ekish ishlari olib borilmoqda. Ayni paytga qadar 100 gektardan ortiq maydonga ekin ekib bo‘lindi.

Loyiha doirasida aholi bandligini ta’minlashga ham alohida e’tibor qaratilgan bo‘lib, hozirda ushbu maydonda 20 nafar doimiy va 300 nafardan ortiq mavsumiy ishchilar mehnat qilmoqda.

Ish boshqaruvchi Nodir Toshboyevning ma’lum qilishicha, 1-mart sanasidan boshlab ekilgan qovun ko‘chatlari ayni paytda gullab, hosilga kirish arafasida turibdi. Rejaga ko‘ra, aprel oyining 20-sanalaridan boshlab qovun mahsulotlari pishib yetilib, mahalliy bozorlar hamda eksportga yo‘naltirilishi ko‘zda tutilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

 “Yashil daromad” sari…

Bandixon tumanida kam ta’minlangan hamda ishsiz fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularning...

Inson qadri — ustuvor

Bandixon tumanida inson qadrini ulug‘lash, aholi muammolarini joyida hal...

Bekatlarning SOS tugmasi bo‘ladi

Toshkent shahrida jamoat transporti tizimini zamonaviy va qulay qilish...

Qarzdorlik 1 milliondan oshsa…

Prezidentning 2025-yil noyabr qaroriga muvofiq, jismoniy shaxslarning yer va...
KunTun
KunTun