Yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda

Date:


Termiz tumanida “Taraqqiyot va yetakchilik maskani” dasturi doirasida infratuzilmani rivojlantirish ishlari izchil olib borilmoqda. Dastur asosida “Termiz”, “Quyoshli yurt”, “Sharof Rashidov”, “Amir Temur” va “Qoraxon” mahallalarida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasiga muvofiq keng ko‘lamli loyihalar amalga oshirilmoqda.

Loyiha doirasida 20,5 kilometr ichimlik suvi tarmoqlari tortilmoqda, 5 ta yangi suv qudug‘i qazilmoqda, 30 kilometr ichki yo‘llar asfaltlanmoqda. Shuningdek, 5 ta transformator punkti qurilib, elektr tarmoqlari yangilanmoqda.

Bundan tashqari, besh mahallani bog‘lovchi markazda dorixona, savdo va maishiy xizmat nuqtalari hamda umumiy ovqatlanish shoxobchalarini barpo etish orqali tadbirkorlikni rivojlantirish ishlari ham yo‘lga qo‘yilgan.

Mazkur ishlar hududda zamonaviy infratuzilmani shakllantirish, aholi turmush sharoitini yaxshilash va yangi ish o‘rinlari yaratishga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Munosib natija qayd etildi

Yosh sportchilarning respublika miqyosidagi musobaqalardagi ishtiroki ularning mahoratini oshirish,...

Yoshlar energetika loyihasi bilan tanishdi

Kelajak kasbini ongli tanlash va zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlarini...

57 kilometr — qat’iy nazorat ostida

Hududlarni obod saqlash faqat estetik masala emas, balki aholi...

Tabiat va taraqqiyot bir kadrda

Hududning xalqaro maydondagi tanilishi nafaqat sayyohlar, balki investorlar va...
KunTun
KunTun