Hudud kompleks rivojlantirilmoqda

Date:

Ikki yirik ziyoratgoh majmuasini o‘zaro bog‘lovchi yo‘l qurilishi munosabati bilan turar joylari buzilgan fuqarolarni uy-joy bilan ta’minlash maqsadida Termiz tumanida kelishuv asosida, homiylik mablag‘lari hisobidan yangi uy-joylar barpo etilmoqda.

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov mazkur uy-joylarda olib borilayotgan qurilish ishlari holati bilan joyida tanishdi. Tashrif davomida mas’ul rahbarlarning hisobotlari tinglanib, qurilish jarayonlarini jadallashtirish, belgilangan muddatlarga qat’iy rioya etgan holda ishlarni sifatli yakunlash va uy-joylarni o‘z egalariga o‘z vaqtida topshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

Shuningdek, tuman rahbari tumanning beshta mahallasida “Taraqqiyot va yetakchilik maskani” dasturi doirasida aholi yashash sharoitlarini yaxshilash maqsadida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari bilan ham tanishdi. Mahalla raislari tomonidan bajarilayotgan ishlar yuzasidan axborot berildi.

Yakunda mahallalarda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, nuroniylar va faollar ishtirokida nazorat guruhlarini tashkil etish hamda aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib borish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Mazkur ishlar aholi turmush farovonligini oshirish, ijtimoiy adolatni ta’minlash va hududlarni kompleks rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Jayhun” milliy san’atimizni tarannum etdi

Milliy san’at va madaniyatimizni xalqaro maydonda keng targ‘ib etish,...

“Ijtimoiy taraqqiyot uchun” maydonga chiqdi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Oliy ta’lim, fan va...

Kitob oʻqib, damas yutdi

Kitob mutolaasi insonning dunyoqarashini kengaytirib, tafakkurini boyitadi. Ayniqsa, davlat...

Paxta terimiga tayyorgarlik ko‘rildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor tumanidagi «Zamin Angor...
KunTun
KunTun