Suv sarfi kamayadi

Date:

Joriy yilda Surxondaryo viloyatida jami 14 950 gektar maydonda tomchilatib sug‘orish texnologiyalarini joriy etish rejalashtirilgan. Loyihalarni amalga oshirishga mahalliy hamda Turkiya va Xitoydagi sohada ilg‘or kompaniyalar jalb etilgan. Natijada suv sarfi va mahsulot yetishtirish xarajatlarini sezilarli darajada kamaytirish, hosildorlikni esa an’anaviy usullarga nisbatan bir necha barobar oshirish maqsad qilingan.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Angor, Muzrabot va Sherobod tumanlarida mazkur loyihalar doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Tashrif chog‘ida Angor va Muzrabot tumanlarida qishloq xo‘jaligi maydonlarida joriy etilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, Muzrabot tumanida xitoylik investorlar tomonidan tashkil etilgan PVC quvurlar ishlab chiqarish korxonasi faoliyati bilan ham tanishildi. Shu bilan birga, Sherobod tumanida amalga oshirilayotgan ishlar hamda loyihalar ijrosi bo‘yicha taqdimotlar o‘rganildi.

Soha va hududlar rahbarlariga har bir hududda loyihalarni sifatli va manzilli amalga oshirish, erishiladigan natijalar hamda iqtisod qilinadigan mablag‘lar hisobiga suv tejovchi texnologiyalar joriy etiladigan maydonlarni yanada kengaytirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun