Harbiy oilalar e’tiborda

Date:

Xayrobod garnizonida joylashgan harbiy qismda harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari ishtirokida “Harbiyning ayoli bo‘lish — baxt va sharafdir” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbir Prezidentimiz, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev tomonidan belgilab berilgan harbiy xizmatchilar va ularning oilalarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan vazifalar ijrosi doirasida o‘tkazildi.

Davra suhbatida harbiy oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash, oila muqaddasligi, farzandlar tarbiyasida oila va jamiyat hamkorligini kuchaytirish, shuningdek, psixologik barqarorlik va oilaviy birdamlikni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Mutaxassislar tomonidan amaliy tavsiyalar berildi.

Shuningdek, tadbir doirasida harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarining sog‘lig‘ini mustahkamlash hamda ijtimoiy himoyasini kuchaytirish maqsadida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi. Tibbiy ko‘riklar zamonaviy uskunalar yordamida mutaxassis shifokorlar tomonidan o‘tkazildi.

Mazkur tadbirlar harbiy xizmatchilar mehnatini qadrlash, ularning oilalariga munosib e’tibor qaratish hamda jamiyatda harbiy kasb nufuzini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qisqa seminarda ulkan bilimlar

Termiz davlat universitetida “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishida 24 soatlik...

Jeyms Harrison hikoyasi

1951-yilda avstraliyalik 14 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida o‘lim...

Xose Mariya Mendes bosh murabbiy

Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasiga bosh...

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...
KunTun
KunTun