“Ishonch yorliq”lari topshirildi

Date:

Termiz shahridagi Yoshlar markazida O‘zbekiston bolalar tashkiloti tomonidan “Bolalar harakati” viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. 15 ta tuman va shahardan 135 faol o‘quvchi to‘qqizta yo‘nalish bo‘yicha o‘z taqdimotlarini namoyish etdi.

Tanlov yakunida eng munosib 9 nafar nomzod viloyat sardorlari etib saylandi va ularga “Ishonch yorlig‘i” hamda esdalik sovg‘alari topshirildi. Sardorlar bolalar tashabbuslarini ilgari surish va jamoat ishlarida faollik ko‘rsatish orqali minglab tengdoshlariga rahbarlik qiladi.

Yangi viloyat sardori Nozima Xurramova ishonchni oqlashga va bolalarning fikr, orzu va kelajagi uchun mas’uliyatni bajonidil bajarishga va’da berdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bandlik va tadbirkorlikka keng yo‘l

Boysun tumanida yoshlar bandligini ta’minlash va ularni tadbirkorlikka jalb...

Muammoga loyihasi yechim

Yoshlar ishlari agentligi, Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi...

Qalblarda ezgu tilak

Qumqo‘rg‘on tumanida Navro‘z umumxalq bayrami shukuhi hukm surmoqda. Bayram...

Iftorlik dasturxoni yozildi

Qumqo‘rg‘on tumanida muborak Ramazon oyi munosabati bilan xayrli va...
KunTun
KunTun