Zamonaviy shifoxona ish boshladi

Date:

Surxondaryo viloyatida aholiga tibbiy xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan islohotlar doirasida Sho‘rchi tumani tibbiyot birlashmasi uchun yangi besh qavatli shifoxona binosi foydalanishga topshirildi. Zamonaviy talablar asosida barpo etilgan muassasa bemorlar uchun qulay sharoitlar va ilg‘or tibbiy uskunalar bilan jihozlangan.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov yangi shifoxonada bo‘lib, bo‘limlar faoliyati, shifokorlar mehnat sharoiti hamda ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati bilan tanishdi. Tashrif davomida shifoxona jamoasi bilan suhbat o‘tkazilib, soha faxriylari tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar e’tirof etildi.

Shuningdek, yangi bino ishga tushishi natijasida bo‘shab qolgan eski shifoxona binosidan aholining ehtiyojlarini inobatga olgan holda samarali foydalanish bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar belgilandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Harbiylar shaxmat taxtasida kuch sinashdi

Mustaqillik — xalqimizning tinch va osoyishta hayoti, yurtimiz sarhadlarining...

Qumqo‘rg‘onlik qizlar gandbolda g‘olib

Termiz shahridagi “Surxon arena” sport majmuasida yoshlar o‘rtasida “Besh...

Bandixonda yangi bunyodkorlik obyekti

Mustaqillik — xalqimizning tinch va farovon hayoti, yurtimizdagi bunyodkorlik...

TerDUda elektromobillar uchun quvvatlash shoxobchasi tashkil etiladi

Termiz davlat universitetida ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasidan samarali foydalanish...
KunTun
KunTun