“Xavfsiz xonadon” oyligi boshlandi

Date:

Aholi hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish, xonadonlarda yong‘in va boshqa favqulodda holatlarning oldini olish maqsadida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan joriy yil “Xavfsiz xonadon oyligi” bilan boshlandi.
Mazkur oylik doirasida viloyatning shahar va tumanlarida keng qamrovli profilaktik tadbirlar tashkil etilmoqda. FVB xodimlari mahalla faollari, profilaktika inspektorlari hamda tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda xonadonma-xonadon o‘rganish ishlarini olib bormoqda. Ushbu jarayonda isitish tizimlari, gaz jihozlari, elektr tarmoqlari holati tekshirilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan aholiga amaliy tavsiyalar berilmoqda.
Shuningdek, mahallalarda, ko‘p qavatli uylarda, ta’lim muassasalarida davra suhbatlari, o‘quv-ma’ruzalar va ko‘rgazmali mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda. Ularda yong‘in xavfsizligi qoidalari, gazdan zaharlanishning oldini olish, favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish tartiblari keng tushuntirilmoqda.
Oylik tadbirlari doirasida qutqaruv bo‘linmalari tomonidan namunali amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilib, aholiga qutqaruv xizmatlarining tezkor harakatlar jarayoni ko‘rsatib berilmoqda. Bu esa fuqarolarning xavfsizlikka bo‘lgan ongi va mas’uliyatini oshirishga zamin hozirlaydi.
Zero, xavfsiz xonadon — farovon va barqaror jamiyat poydevoridir.

Zulfiya Sohibova,
Viloyat FVB axborot va jamoatchilik bilan aloqalar xizmati yetakchi mutaxassisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bunyodkorlik ishlari qizgʻin pallada

Qishloq hududlarida zamonaviy ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va maktabgacha ta’lim...

Mahorati yoshlarga ibrat

Xalqaro maydonda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilayotgan yosh sportchilar...

Qulay va zamonaviy ta’lim muhiti yaratiladi

Ta’lim muassasalarini zamonaviy sharoitlar bilan ta’minlash va qishloq hududlarida...

Zamonaviy klinika ish boshladi

Aholini sifatli va zamonaviy tibbiy xizmatlar bilan qamrab olish,...
KunTun
KunTun