“Mustaqillik” filiali yangicha qiyofada

Date:

Bandixon tumanidagi “Obod yurt” mahallasida joylashgan 42-oilaviy poliklinikaning “Mustaqillik” filiali mukammal ta’mirdan chiqarilib, foydalanishga topshirildi. Ushbu ezgu tashabbus “Obod yurt” mahallasi aholisi uchun Yangi yilda chinakam quvonchli tuhfa bo‘ldi.

Ta’mirlash jarayonida poliklinika binosining ichki va tashqi qismi to‘liq yangilanib, zamonaviy tibbiy xizmat ko‘rsatish talablariga mos holga keltirildi. Shifokorlar va hamshiralar uchun qulay ish sharoitlari yaratildi, bemorlar qabulini yanada sifatli va samarali tashkil etish imkoniyati kengaydi.

Mazkur yangilanish aholi salomatligini mustahkamlash, birlamchi tibbiy xizmat sifatini oshirish hamda fuqarolarga yanada qulay va tezkor tibbiy yordam ko‘rsatishga xizmat qiladi. Eng muhimi, ushbu loyiha davlatimiz tomonidan sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish va aholining turmush farovonligini oshirishga qaratilayotgan doimiy e’tiborning yana bir yaqqol ifodasidir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun