Kitob karvoni — tafakkur karvoni

Date:

Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularning intellektual salohiyatini oshirish, kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib etish maqsadida “Yoshlar uchun ming kitob” loyihasi doirasidagi navbatdagi “Kitob karvoni” Oltinsoy tumaniga yetib keldi.

Mazkur tashabbus doirasida 140 dan ortiq mutaxassislar tomonidan ehtiyotkorlik bilan tanlab tayyorlangan, jahon va o‘zbek adabiyotining eng sara, eng o‘qiladigan asarlaridan iborat boy to‘plam Oltinsoy tuman Axborot-kutubxona markaziga topshirildi.

Tadbir davomida yoshlar, o‘qituvchilar, kitobxonlar hamda mahalla faollari ishtirok etib, kitobning inson hayotidagi o‘rni, o‘qish madaniyatini shakllantirishning ahamiyati haqida fikr almashdilar. Shuningdek, “Kitob karvoni” doirasida turli ko‘rgazmalar, kitob taqdimotlari, ijodiy uchrashuvlar va bahs-munozaralar ham tashkil etildi.

Bu ezgu tashabbus yoshlar orasida kitob o‘qishga bo‘lgan mehrni kuchaytirish, ularning dunyoqarashini kengaytirish hamda ma’naviy-ma’rifiy saviyasini yuksaltirishga xizmat qiladi.

“Kitob karvoni” — bu nafaqat kitoblar to‘plami, balki ma’naviyat, ilm va tafakkur karvoni!

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Termiz tongi badantarbiya bilan boshlandi

Termiz shahrida aholi o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish va sog‘lom...

Ishlar jadallashdi

Oltinsoy tumanidagi “Shirin-ijyu” fermer xo‘jaligi dalalarida paxta hosilini yig‘ib-terib...

“Elobod”da yangi qurilish materiallari korxonalari barpo etilmoqda

Qumqo‘rg‘on tumanining “Elobod” mahallasida yangi sanoat loyihalari amalga oshirilmoqda....

Yo‘l bo‘ylariga chiqindi qutilari o‘rnatilmoqda

Davlat ahamiyatidagi D-167 avtomobil yo‘lining Bandixon tumaniga kirish qismidan...
KunTun
KunTun