“Lazzatli Surxon” xalqaro festivali boshlandi

Date:

Surxondaryo viloyatida bugun “Lazzatli Surxon” xalqaro gastronomik festivali o‘zining tantanali ochilish marosimini nishonladi.

Qadimiy va hamisha navqiron voha — Surxon zamini nafaqat tarix va madaniyat beshigi, balki betakror taomlar, lazzatlar va mehmondo‘stlik diyoridir. Aynan shu maqsadda o‘tkazilayotgan festival Surxondaryoning boy gastronomik turizm salohiyatini keng namoyish etish, milliy pazandachilik an’analarini targ‘ib qilish hamda mintaqaga mahalliy va xorijiy sayyohlar oqimini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.

Tadbir doirasida “Boysun bahori” turizm majmuasida Surxonning barcha tumanlari, shuningdek, Termiz shahri o‘ziga xos pavilonlar bilan ishtirok etmoqda. Har bir pavilonda milliy taomlarning betakror hidi, qadimiy pazandachilik sirlarini namoyon etuvchi mahorat darslari, hunarmandchilik mahsulotlari va milliy suvenirlar ko‘rgazmasi sayyohlarni o‘ziga jalb qilmoqda.

“Uzum sayli”, “Olma sayli”, “Anor sayli” kabi an’anaviy bayram tadbirlari esa voha xalqining mehnatsevarligi, saxovatpeshaligi va tabiatga mehrini ifoda etmoqda. Shodiyona kayfiyatdagi festivalda jonli musiqa, xalq raqslari, milliy liboslar ko‘rgazmasi va pazandachilik musobaqalari barchaga quvonch ulashmoqda.

“Lazzatli Surxon” — bu faqatgina taomlar bayrami emas, bu madaniyat, an’ana va mehr-muhabbat karvoni! Surxon lazzatini bir bor totgan inson bu diyorga yana qaytishni istaydi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun