Jahon arenalari zabt etildi

Date:

Dunyo miqyosida o‘tkazilayotgan nufuzli musobaqalarda O‘zbeksiton terma jamoasi tarkibida surxondaryolik sportchilar ham yurtimiz sharafini munosib himoya qilmoqda. Xitoyda o‘tayotgan Tayekvondo (WT) bo‘yicha jahon chempionatida -74 kg vazn toifasida bellashgan Najmiddin Qosimhojiyev barcha raqiblarini mag‘lub etib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Shuningdek, -54 kg vazn toifasidagi terma jamoa a’zosi Jahongir Xudoyberdiyev yarim finalgacha yetib borib, bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Bahraynning Manama shahrida o‘tayotgan III Yoshlar Osiyo o‘yinlarida surxondaryolik sportchi Mirzohid Xudoyqulov -73 kg vazn toifasida barcha raqiblarini mag‘lub etib, Osiyo chempioni bo‘ldi. Bu g‘alabalar nafaqat yurtimiz, balki butun Surxondaryo sport maktabining yuksak salohiyati va tafakkuri, irodasi va mehnatsevarligi samarasidir.

Oldingi sahifaDiplomi tan olinadimi?
Keyingi sahifaOdatlar

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yoshlarga yangi xonadonlar topshirildi

Mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «Yetim bolalar va...

Yangi tashabbuslar ilgari surildi

Bugungi kunda xorijiy tajriba va zamonaviy bilimlarni yurt taraqqiyotiga...

Finalda g‘olib kim?

Yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli...

Sportchilarimiz bo‘sh kelmadi

“Besh tashabbus paralimpiadasi” nogironligi bo‘lgan yoshlarning sport salohiyatini namoyon...
KunTun
KunTun