30 ta mahalla yangi hududga aylanmoqda

Date:

Prezidentimizning tegishli qaroriga muvofiq, mahallalarda “Taraqqiyot va yetakchilik maskani” dasturi amalga oshirilmoqda. Xususan, Surxondaryo viloyatining shahar va tumanlaridagi 30 ta mahalla mazkur dasturni joriy etish uchun tanlab olingan.

O‘tgan hafta viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ushbu mahallalarda dasturni amalga oshirish bo‘yicha taqdimotlar bilan tanishib, mutasaddilar oldiga aniq vazifalarni belgilab bergan edi.

Ayni paytda tanlab olingan mahallalarda amaliy ishlar boshlab yuborilgan. Jumladan, yo‘llarni ta’mirlash, ko‘chalarni obodonlashtirish, chiqindilarni yig‘ish va chiqarish, aholi muammolarini o‘rganish hamda ularni hal etish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, mahallalarida bu boradagi ishlar jadal sur’atlarda davom etmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Stadion zamonaviy talablarga moslashtiriladi

Sport infratuzilmasini rivojlantirish, yoshlar uchun qulay sharoit yaratish va...

TerDUda yangi loyihalar amalga oshiriladi

Ta’lim, sport va dam olish uchun zamonaviy infratuzilma yaratish...

Ekstremizm: huquqiy mexanizmlar kuchaytirilmoqda

Jamiyat xavfsizligini ta’minlash va fuqarolar huquqlarini himoya qilishda ekstremizmning...

Obod mahalla, baxtli bolalik

Bolalar uchun qulay, xavfsiz va zamonaviy muhit yaratish —...
KunTun
KunTun