Surxondaryo — Yevropa e’tiborida

Date:

Fransiyaning Parij shahrida o‘tkazilgan nufuzli “IFTM Top Resa” xalqaro turizm ko‘rgazmasida Surxondaryo viloyati delegatsiyasi Turizm qo‘mitasi rahbarligi ostida faol ishtirok etdi. Ko‘rgazma doirasida Surxondaryo viloyatiga bag‘ishlangan alohida ekspozitsiya tashkil etilib, mintaqaning boy tarixiy merosi, milliy urf-odatlari, rang-barang xalqona liboslari hamda zamonaviy sayyohlik maskanlari innovatsion yondashuv asosida namoyish etildi.

Tadbir davomida delegatsiya a’zolari Fransiyaning turizm sohasidagi ilg‘or tajribasi, xizmat ko‘rsatish sifati hamda zamonaviy infratuzilmasi bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, Yevropa va Fransiyaning yetakchi turizm operatorlari hamda yirik kompaniyalari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, o‘zaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Mazkur uchrashuvlar doirasida yirik xalqaro blogerlar bilan ham hamkorlik bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Ularning umumiy auditoriyasi 100 milliondan ortiq obunachini, axborot qamrovi esa 300 milliondan ortiq insonni tashkil etadi. Bu esa Surxondaryoning turizm salohiyatini global miqyosda keng targ‘ib etish uchun muhim platforma yaratadi.

Shu bilan birga, har yili Fransiyadan Surxondaryoga tashrif buyurayotgan sayyohlar soni ortib borayotgani alohida ta’kidlandi. Bu esa o‘z navbatida, viloyatning xalqaro turizm xaritasidagi mavqeini mustahkamlab borayotganidan dalolat beradi.

Oldingi sahifaDo‘stlik
Keyingi sahifaSubsidiya olish uchun imkoniyat

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

VOHA BO‘YLAB

Boysun tumanidagi 35-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining qo‘shimcha o‘quv...

Sun’iy intellekt ta’lim standartlariga moslashtirilsa…

XXI asrda ta’lim tizimi raqamli texnologiyalar bilan chambarchas bog‘lanib...

CHAG‘ONRUDDAN SURXONDARYOGACHA…

Surxondaryo — O‘zbekiston janubidagi eng muhim daryolardan biri bo‘lib,...

Me’yorni qachon o‘rganamiz? yoxud to‘y va ma’rakalarda ortiqcha dabdabaning oldini olish –islomiy tarbiyaning muhim talabidir

O‘zbek azal-azaldan bolajon xalq. Qarindosh-urug‘i ko‘p. Bu yurtda bo‘ladigan...
KunTun
KunTun