Do‘stlik

Date:

Bir kishi bir oz pulga muhtoj bo‘lib qoldi, do‘stidan yordam olish maqsadida uning uyiga kelib eshikni taqillatdi. Do‘sti chiqib, u bilan ko‘rishdi, uyga taklif qilsa ham u kishi qabul qilmay:

— Do‘stim, meni kechir, uyga qilgan taklifingni hozircha qabul eta olmayman, vaqtim ziq. Bir kishidan yuz so‘m qarzdor edim, bugun kelib pulini qistadi. Qo‘limda pul yo‘q edi. Shuning uchun sening huzuringga keldim, yordam etarsan deb umid qilaman,— dedi.

Uy egasi darhol ichkaridan yuz so‘m olib chiqib, do‘stining qo‘liga berdi.

— Do‘stim, biror narsaga muhtoj bo‘lib qolsang, mendan yashirma, qo‘limdan kelgancha yordam berishga tayyorman,— deb do‘stining ko‘nglini ko‘tardi.

Do‘sti xursand bo‘lib, u bilan xayrlashib uyiga qaytdi.

Uy egasi do‘sti qaytib ketgandan keyin yig‘lab uyiga kirdi. Xotini: «Erim ko‘p pul berib yuborganiga pushaymon qilib yig‘layotgan bo‘lsa kerak»,— deb eriga:

— Biror narsani bahona qilib pul bermasdan qaytarib yuborsangiz bo‘lmasmidi? Endi pushaymon qilib yig‘laysiz, — degan edi, eri shunday javob berdi:

— Yo‘q, sen o‘ylaganchalik emas, do‘stim pulga muhtoj bo‘lib qolganini bilmaganman. U kelib so‘ramasdan oldin o‘zim borib:

— Do‘stim, biror narsaga muhtojmisan, tortinma, ayt,— deb so‘rashim kerak edi,— g‘aflatda qolganimga achinib yig‘layman.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kredit to‘lovi yechilgach, kartada 680 ming so‘m qolishi shart

Markaziy bankning Nizomiga kiritilgan yangi talabga ko‘ra, kredit yoki...

Kamchiliklar muhokamada

Sherobod tumani IIBda 2026-yilning 9 oylik faoliyati yakunlari tanqidiy...

«Baxt ostonasi: Mustahkam oilaning oltin qoidalari»

Sho‘rchi tumanida yosh kelin-kuyovlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilalarda sog‘lom...

Natija quvonarli

Termiz shahrida 20 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida gandbol bo‘yicha...
KunTun
KunTun