E’tibordan bolalar shod

Date:

Assalomu alaykum, hurmatli gazetxonlar! Men, sizlarga Termiz tumanidagi “Sabzipoya” mahallasi oqsoqollarining faolligi to‘g‘risida hikoya qlib bermoqchiman.
Ular yosh avlodni bilimli, yuksak salohiyatli bo‘lishlari uchun jonbozlik qilayotirlar. Mamlakatimiz bo‘ylab bayramlar bayramlarga ulanib, har bir yurtdoshimizning qalbida shukronalik, quvonch va bayram kayfiyati zohir. Mustaqilligimizga mushtarak tarzda yangi o‘quv yilining boshlangani esa o‘g‘il-qizlarimiz uchun qo‘shaloq bayram. Ayniqsa, ushbu yangi o‘quv yilida ilk bor maktabga borayotgan jajji o‘g‘il-qizlarimizning maktab ostonasiga qadam qo‘yishlari quvonchi, his-hayajonini tasavvur qilish qiyin emas.
Yangi 2025/2026-o‘quv yilida mamlakatimiz bo‘ylab yuz minglab bolalarimiz birinchi sinfga o‘qishga bordi. Ular tajribali va mehribon ustozlardan bilim olishadi. Yangi o‘quv yiliga shay holatda turgan chiroyli, shinam maktablarimiz va ularda mehnat qilib kelayotgan mehribon va aziz ustozlar bolalarimizni quchoq ochib kutib olishdi. Shu jumladan, mahallamizdagi 13-umumiy o‘rta ta’lim maktabi va unda mehnat qilayotgan mehridaryo ustozlar ham.
Xo‘sh, bayram sovg‘asiz qanday bo‘lishi mumkin? Bu borada mahallamiz oqsoqollari Parda bobo Vallamov, Normurod bobolar tinch o‘tirishmadi, munosib tuhfa hozirlashdi. Davlatimiz tomonidan ajratilgan sovg‘alarni mahallamizdagi muhtoj oilalarning birinchi sinfga o‘qishga boradigan o‘g‘il-qizlariga tarqatib, bolalar va ota-onalarini xursand qilishdi. Sovg‘alarda o‘quv qurollari, dars tayyorlash uchun kerak bo‘ladigan anjomlarning bari badastur.
Albatta, sovg‘aning katta yoki kichigi bo‘lmaydi, bu borada bolajonlarga bo‘lgan e’tibor muhim. Kelajakda bolalarimiz o‘qimishli, bilimli bo‘lishlari uchun mana shunday ezgu ishlarda faol ishtirok etayotgan mahallamiz oqsoqollarining tinim bilmasliklari esa tahsinga sazovor.

A.Jumayev,
Mahallada yashovchi,
nafaqadagi harbiy

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Chiqindidan elektr energiyasi

Surxondaryo viloyatida chiqindilarni qayta ishlash va ulardan energiya olishga...

Farzandlarimiz xavfsizligi uchun

Jarqo‘rg‘on tumanining Alisher Navoiy mahallasi “Ibn Sino” ko‘chasida mahalla...

“Navoiyni anglash — o‘zlikni anglash”

Ayni mavzusidagi respublika insholar tanlovining Surxondaryo viloyat bosqichi bo‘lib...

10 gektar tutzor aholiga bo‘lib berildi

Termiz tumanining "Sabzipoya" mahallasida 10 gektar maydonda 30 ming...
KunTun
KunTun