Yosh muhandislar tayyorlanadi

Date:

Har bir hududda zamonaviy muhandislik maktablarini tashkil etish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Prezidentimizning ushbu tashabbusi doirasida Termiz shahrida namunali tarzda ilk muhandislik maktabi 9-maktab qoshida ish boshladi.
Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov mazkur maktab faoliyati bilan tanishib, o‘quvchilarning texnologiya va muhandislik yo‘nalishlaridagi dars jarayonlarini kuzatdi. Maktab yoshlarning ijodiy izlanishlari va intellektual salohiyatini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlandi.

Shuningdek, viloyat hokimi maktab jamoasi bilan uchrashib, yangi o‘quv yiliga ko‘rilgan tayyorgarlik jarayonlarini ko‘zdan kechirdi.

Termizdagi ushbu tajriba asosida kelgusida viloyatning barcha hududlarida muhandislik maktablarini tashkil etish rejalashtirilgan. Bu esa ta’lim tizimida yangi bosqichni boshlab beradi va kelajagi buyuk yosh muhandislarning shakllanishiga xizmat qiladi.

Oldingi sahifaADASHISH
Keyingi sahifa“SHAG‘ALA”da natija qanday?

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ayrim maktablarda ingliz tilida ta’lim beriladi

Ayrim maktablarda fanlarni ingliz tilida o‘qitish tajribasini yo‘lga qo‘yish...

Shamsiddin Vohidov — ikki karra Olimpiada chempioni

Xalqaro maydonlarda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilib kelayotgan surxondaryolik...

39 xonadonga tomorqadan daromad olish imkoniyati yaratildi

Bandixon tumanida aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash va oilalar...

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

Tadbirkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash hamda tadbirkorlarning qonuniy...
KunTun
KunTun