Chet elga chiqishga taqiq kuchaytiriladi

Date:

Jinoyat protsessida majburlov choralari instituti takomillashtiriladi. Qonun bilan sud tomonidan ayrim shaxslarning O‘zbekistondan chiqish huquqi vaqtincha cheklanishiga doir tartibni nazarda tutuvchi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.

Unga ko‘ra, O‘zbekistondan chiqish huquqini vaqtincha cheklash gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanmagan, biroq O‘zbekistondan chiqib ketib, suddan uzrli sabablarsiz bo‘yin tovlashi uchun asoslar mavjud bo‘lganda qo‘llanadi.

Prokuror, tergovchi, surishtiruvchi O‘zbekistondan chiqish huquqini vaqtincha cheklash to‘g‘risida iltimosnoma qo‘zg‘atish haqida mazkur majburlov chorasini qo‘llash asoslarini bayon etgan holda qaror chiqaradi.

Iltimosnoma materiallar kelib tushgan paytdan e’tiboran 8 soatdan kechiktirmay yopiq sud majlisida ko‘rib chiqiladi. Sudya iltimosnomani ko‘rib chiqib, O‘zbekistondan chiqish huquqini vaqtincha cheklash yoki uni rad etish to‘g‘risida ajrim chiqaradi. Ajrim ustidan 48 soat ichida shikoyat berilishi yoxud protest bildirilishi mumkin. Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kirdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Faol yoshlar sayohatga yo‘l oldi

Yoshlarni rag‘batlantirish, ularning tarixiy merosga hurmatini mustahkamlash va dunyoqarashini...

Chorrahada ishlar jadallashdi

Yo‘l infratuzilmasini modernizatsiya qilish va transport harakati xavfsizligini ta’minlash...

Agrotexnik tadbirlar — hosildorlik poydevori

Qishloq xo‘jaligida mo‘l hosilga erishish, avvalo, agrotexnik tadbirlarni o‘z...

“Oltin qalam” muborak

Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlarining fidokorona mehnatini e’tirof...
KunTun
KunTun