TerDU futbol jamoasi chempion

Date:

Futbol sport turi qiziqarli va inson ruhiyatini-da ko‘tarishi bilan zavqli. Shu sabab, o‘yinni tomosha qilish ham, ishtirok etish ham sevimli mashg‘ulotga aylanadi. Bu qiziqish esa o‘yinchi mahoratini oshirishga, yaxshi ishtirok etishga kuch beradi.
Futbolda erishayotgan muvaffaqiyatli odimlar esa futbol ishqibozlari bilan birga butun yurtimiz ahlini quvontirayotgani rost. Ana shunday quvonchli xabarlarga esh voqealarning sodir bo‘layotgani esa ushbu sport turiga qaratilayotgan e’tibor natijasi deyish mumkin.
Viloyat hokimi kubogi uchun tashkil etilgan musobaqada Termiz davlat universiteti talabalari ajoyib o‘yin namoyish etib, faxrli 1-o‘rinni egalladi. Yarim finalda Termiz davlat pedagogika instituti jamoasini 5:2 hisobida mag‘lub etgan jamoa, finalda Denov tadbirkorlik va pedagogika universiteti futbolchilarini 3:0 hisobida yengib, chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

SURXONDARYODA TADBIRKOR XOTIN-QIZLAR SALOHIYATI NAMOYON BO‘LDI

O‘zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi tomonidan “Xalq bilan birga” umummilliy...

QUMQO‘RG‘ONDA HARBIY SHAHARCHA QURILDI

Harbiy xizmatchilar uchun munosib xizmat sharoitlarini yaratish, ularning samarali...

OLTINSOYDA YANGI XIZMAT

Oltinsoy tumani Oqarbuloq mahallasida Ochildiyeva Zarina Bahodir qizi tomonidan...

66 YOSHLI TERIMCHI 150 KILOGRAMDAN ORTIQ PAXTA TERDI

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Denov tumanida bo‘lib, paxta...
KunTun
KunTun