Yosh shaxmatchilar bellashdi

Date:

Sport bilan shug‘ullanishni bolalikdan boshlamoqni tavsiya qilishadi. albatta, ushbu tavsiyalarda jon bor. Sababi, yosh organizm ayni mashg‘ulotlarga, harakatlarga moslashadi. Jismoniy kuch talab etadigan sport turlari bilan birga aqlni charxlovchi turlar ham kichik yoshdan shug‘ullanishni talab etadi. Shaxmatda yaxshi dona surish uchun o‘yin qoidalarini, dona surish usullarini bolalikdan bilish, kelgusida katta muvaffaqiyat garovidir.
Shu jihatlarni hisobga olgan holda yurtimizda maktabgacha yoshdanoq bolajonlar shaxmat o‘ynashga qiziqtiriladi. Shaxmat-shashka musobaqalari esa ularning ushbu sport turlarini nechog‘lik bilishlarini namoyon etadi. Ayni maqsadda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida shaxmat musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra o‘g‘il bolalar o‘rtasida Qiziriq tumanidagi 5-sonli DMTT tarbiyalanuvchisi Farhod Ramazonov, qiz bolalar o‘rtasida Termiz shahridagi “Sehrli qasr” MTT tarbiyalanuvchisi Imona Jumanazarovalar 1-o‘rinni qo‘lga kiritdilar. G‘oliblar munosib taqdirlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

BEPUL DORI-DARMON VA TIBBIY XIZMAT SIFATI NAZORATDA

Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va ehtiyojmand fuqarolarni bepul...

PEDAGOGLAR FARZANDLARIGA KONTRAKT UCHUN 30 FOIZ CHEGIRMA

Pedagoglarning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishini kuchaytirish maqsadida ularning farzandlari uchun oliy...

ZO‘RAVONLIK UCHUN JAVOBGARLIK KUCHAYTIRILDI

Voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ta’lim muhitida...

Hayot uchun joy ajrating!

Termiz shahridagi “Amudaryo” oromgohi va “Guliston” MFY hududida “World...
KunTun
KunTun