Mezbonlar ikkinchi o‘rinda

Date:

Termiz davlat universiteti dzyudo bo‘yicha “Universiada-2025” respublika musobaqasining final bosqichiga mezbonlik qilganidan xabaringiz bor. Ushbu nufuzli musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardan jami 200 nafarga yaqin sportchi-talaba ishtirok etdi.
O‘g‘il bolalar 7 ta, qizlar ham shuncha vazn toifasida g‘oliblik uchun gilamga chiqib, o‘z mahorati va jismoniy tayyorgarligini sinovdan o‘tkazishdi. Qizg‘in bahslar yakunida umumjamoa hisobida Toshkent viloyati 3-, Surxondaryo viloyati 2-o‘rin bilan kifoyalangan bo‘lsa, 1-o‘rin Buxoro viloyati yoshlariga nasib etdi.
G‘olib va sovrindorlar diplom, medal hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Ushbu musobaqa nafaqat kuchli sportchilarni saralash, balki talabalar o‘rtasida do‘stlik va ahillikni mustahkamlashga ham xizmat qilganligi bilan ham ahamiyatli bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tayyorgarlik ishlari o‘rganildi

Oltinsoy tumanining “Bo‘ston” mahallasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan “O‘zbekiston enoturizmi va...

Ehtiyojmand oilalarga 1 million so‘mdan yordam beriladimi?

Sovuq kunlarda kommunal xarajatlarning ortishi, ayniqsa, kam daromadli oilalar...

Surxon suv ombori yangi sayyohlik manziliga aylanadi

Surxon suv ombori nafaqat suv resurslari, balki betakror tabiati...

Lutf odobi — qalb ehtiyoji

Ba’zan insonning kayfiyatini katta bir voqea emas, oddiygina bir...
KunTun
KunTun