Har sohada hamkorlik

Date:

O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi strategik hamkorlik nafaqat iqtisodiy yoki siyosiy, balki ta’lim sohasida ham mustahkamlanib bormoqda. Mazkur hamkorlik doirasida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti tibbiyot fakulteti talabalari va o‘qituvchilari Turkiyaning Istanbul shahrida joylashgan nufuzli Istanbul Medipol universitetida o‘quv amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etishdi.
Mashg‘ulotlar jarayonida talabalar zamonaviy klinik bazalarda tajribali mutaxassislar rahbarligida nazariy bilimlarini mustahkamlash, amaliy ko‘nikmalarni oshirish hamda tibbiyot sohasidagi ilg‘or tajribalar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Universitet klinikalari yuqori texnologiyali tibbiy uskunalar, sifatli xizmat va professional mutaxassislari bilan ajralib turadi. Bu esa talabalar uchun kasbiy va shaxsiy rivojlanish, turli madaniyat va xalqaro muhitda faoliyat yuritish qobiliyatini shakllantirishda muhim omil bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sifat, xalqaro mezonlar va yangi imkoniyatlar

Termiz iqtisodiyot va servis universitetiga Alvis Pathway xalqaro ta’lim...

Milliy meros targ‘ibotchilari saralandi

Milliy qadriyatlar — xalqning o‘zligi, tarixiy xotirasi va ma’naviy...

Teatr sahnasida hayot saboqlari

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti talabalari Termiz shahridagi...

Suv ta’minotining yangi tizimi yaratilmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning tuman hududlarini o‘rganishi davomida...
KunTun
KunTun