Javobgarlik qat’iy, korrupsiyaga o‘rin yo‘q

Date:

Termiz harbiy prokuraturasi tomonidan nazorat ostidagi harbiy qismlarda profilaktik tadbirlar davom ettirilmoqda. Navbatdagi tadbir viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi shaxsiy tarkibi ishtirokida o‘tkazildi.
Unda Termiz harbiy prokurori Sh.Mirzayev so‘zga chiqib, shaxsiy tarkibga 29.11.2024-yildagi O‘RQ-1008-sonli Qonuni mazmuni hamda atrofdagilar uchun katta xavf manbayi bo‘lgan qurol-yarog‘ bilan muomalada bo‘lish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik, shuningdek, korrupsiyaviy jinoyatlarning oldini olish choralari, din va davlat munosabatlari tushuntirildi.
Tadbir davomida harbiy xizmatchilarni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi. Tadbirdan so‘ng, ishchi-xizmatchilarning shaxsiy qabuli o‘tkazilib, muammolari tinglandi.
Shu bilan birga Termiz harbiy gospitalida xodim va xizmatchilar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

SURXONDARYODA TADBIRKOR XOTIN-QIZLAR SALOHIYATI NAMOYON BO‘LDI

O‘zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi tomonidan “Xalq bilan birga” umummilliy...

QUMQO‘RG‘ONDA HARBIY SHAHARCHA QURILDI

Harbiy xizmatchilar uchun munosib xizmat sharoitlarini yaratish, ularning samarali...

OLTINSOYDA YANGI XIZMAT

Oltinsoy tumani Oqarbuloq mahallasida Ochildiyeva Zarina Bahodir qizi tomonidan...

66 YOSHLI TERIMCHI 150 KILOGRAMDAN ORTIQ PAXTA TERDI

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Denov tumanida bo‘lib, paxta...
KunTun
KunTun