«Aqlli» plyonka — haroratni mo‘tadillashtiradi

Date:

O‘zbek olimlari tomonidan issiqxonalar uchun mo‘ljallangan plyonkalar tarkibiga qo‘shiluvchi, haroratni mo‘tadillashtirish vazifasini bajaradigan nano-kompozit zarrachalar sintez qilindi. Bu haqda Fanlar akademiyasi axborot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, nano-zarrachalar quyosh nurining ultrabinafsha nurlanishini yaqin infraqizil diapazonga aylantiradi. Shu bilan birga, bunday fotonlarning issiqlik energiyasi +17…+22°C ga teng bo‘ladi. Natijada, tashqi harorat -3…-7 °C bo‘lgan holatda ham, issiqxona ichidagi harorat qo‘shimcha qizdirishsiz +5…+7°C gacha saqlanadi (odatiy plyonkalarda bu ko‘rsatkich 0…+2°C bo‘ladi).
Issiq kunlarda esa issiqxona ichidagi harorat +5…+8°C ga pasayadi.
Infraqizil diapazondagi fotonlar soni ko‘payishi tufayli fotosintez tezlashadi va o‘simliklar 1,5–2 baravar tez o‘sadi. Shu bilan birga, energiya sarfi 60 foiz dan ortiq kamayadi, hosildorlik 35–50 foizga ortadi, sug‘orish uchun suv tejalishi 30 foizni tashkil etadi, agar gidrogellar qo‘llanilsa, bu ko‘rsatkich 90 foizgacha yetadi. Plyonkaning mustahkamligi 3 baravar oshadi.
Sinovlar Toshkent, Jizzax, Farg‘ona va Andijon viloyatlarida o‘tkazilgan.
Hozirgi kunda Shanxay Qishloq xo‘jaligi akademiyasi tomonidan Xitoy Xalq Respublikasining turli tuproq-iqlim sharoitida keng ko‘lamli sinovlar olib borilmoqda.
Shanghai Daedon Science and Technology Ltd. kompaniyasi bilan O‘zbekistonda Materialshunoslik instituti bazasida nano-poroshoklarni qo‘shma tajriba-sanoat ishlab chiqarishini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Tajriba-sanoat ishlab chiqarishni rivojlantirish rejasiga ko‘ra, 2025-yilda 1 tonna, 2026-yilda esa 10 tonna nano zarrachalar ishlab chiqariladi. Ishlab chiqarish hajmini yiliga 2 000 tonnaga yetkazish uchun nano-poroshoklar ishlab chiqarish zavodi quriladi.
Mazkur loyihani amalga oshirish bo‘yicha Shanghai Daedon Science and Technology Ltd. kompaniyasi bilan hamkorlik to‘g‘risida kelishuv imzolandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

SURXONDARYODA TADBIRKOR XOTIN-QIZLAR SALOHIYATI NAMOYON BO‘LDI

O‘zLiDeP Surxondaryo viloyati Kengashi tomonidan “Xalq bilan birga” umummilliy...

QUMQO‘RG‘ONDA HARBIY SHAHARCHA QURILDI

Harbiy xizmatchilar uchun munosib xizmat sharoitlarini yaratish, ularning samarali...

OLTINSOYDA YANGI XIZMAT

Oltinsoy tumani Oqarbuloq mahallasida Ochildiyeva Zarina Bahodir qizi tomonidan...

66 YOSHLI TERIMCHI 150 KILOGRAMDAN ORTIQ PAXTA TERDI

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Denov tumanida bo‘lib, paxta...
KunTun
KunTun