Sun’iy ravishda tish o‘stirildi

Date:

London Qirollik hamda London Imperial kollejlari olimlari birgalikda laboratoriya sharoitida sun’iy ravishda inson tishini o‘stirishga muvaffaq bo‘ldi. Tadqiqotchilar tishlarning o‘sishi uchun zarur bo‘lgan sharoitlarni takrorlaydigan maxsus material yaratdilar. Ushbu material hujayralarga signallarni almashish va tish to‘qimasini shakllantirish jarayonini boshlash imkonini beradi.
An’anaviy implantlar yoki plombalardan farqli o‘laroq, bemorning o‘z hujayralaridan o‘stirilgan tishlar jag‘ga to‘liq integratsiyalasha oladi va hatto tabiiy tishlar kabi tiklanadi. Mutaxassislarning fikricha, bunday ishlanmalar zamonaviy stomatologiyada yondashuvlarni tubdan o‘zgartirib, tishlarni tiklash va qayta tiklash bo‘yicha yuqori samarali yechimlarni taklif etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

ONA TILIM — RUHIM, ILDIZIM

Ona tili — millatning tarixiy xotirasi, ma’naviy qiyofasi va...

Aktivlar aylanmaga qaytadi

Davlat mulkini xususiy sektorga o‘tkazish iqtisodiyotga investitsiya jalb etish,...

Energetik salohiyat — iqtisodiy imkoniyat

Bugungi kunda energiya resurslaridan oqilona foydalanish, elektr ta’minoti barqarorligini...

Raqamlar ortidagi huquqiy himoya

Surxondaryo viloyatida 2026-yilning 9 oyida ma’muriy sudlar tomonidan davlat...
KunTun
KunTun