To‘lov miqdori ko‘tarildimi?

Date:

Oliy ta’limga kirish imtihonlari va o‘qishni ko‘chirish test sinovlarida qatnashish uchun bu yil abituriyent va “perevodchilar” 187 500 so‘m to‘lov qiladilar. O‘tgan yili test sinovlarida qatnashish uchun to‘lov miqdori 170 ming so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, bu yil bu miqdor biroz oshirilgan.
Amaldagi tartibga ko‘ra, test sinovlarida ishtirok etish uchun BHM ning 50 foiz miqdori to‘lov amalga oshiriladi. O‘tgan yili BHM miqdori 340 ming so‘mni tashkil etgan. Bu yil BHM miqdori 375 ming so‘mga ko‘tarilgani sababli test sinovlarida qatnashish 187 500 so‘mni tashkil etmoqda.
O‘qishni test o‘tkazilayotgan yili tugatgan bitiruvchilar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, mehribonlik uylari bolalari, bolalar shaharchasining bitiruvchilari, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turuvchi yoshlar kirish imtihonlarida qatnashish uchun to‘lov qilmaydi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Bremen musiqachilari” Turkiya sahnasida namoyish etildi

Surxondaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodiy jamoasi Turkiyaning Chine shahrida...

“Zakovat”: otalar va farzandlar bilim maydonida

Termiz shahridagi 12-sonli umumta’lim maktabida “Otalar yig‘ilishi” doirasida otalar...

Rahbarlar shaxsiy namuna ko‘rsatmoqda

Sariosiyo tumanida sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish, aholining jismoniy faolligini...

Tibbiyotda ustoz-shogird an’analari: 51 yillik bitiruvchilar uchrashuvi

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida Samarqand davlat tibbiyot...
KunTun
KunTun