Ziyoratga olib boruvchi yo‘l obodonlashtirilmoqda

Date:

Yurtimizning qay bir hududiga bormang, qadimiy ziyoratgohlar, ularning nomlanishi, joylashishi va o‘z tarixiga oid manbalarga duch kelasiz. Jumladan, Bandixon tumanida bir necha ming yillik tarixga ega Shakarli ota ziyoratgohining shifobaxsh suvi bugungi kunga qadar insonlar dardiga shifo bo‘lib kelmoqda.
Ushbu ziyoratgoh hududida qadimdan bobolarimiz yashagan bo‘lib, hududdan karvon yo‘li o‘tgan. Afsuski, hozirda ushbu ziyoratgohga olib boruvchi yo‘l havas qilarli darajada emas. Bu esa ziyoratga kelguvchilar uchun anchayin qiyinchilik tug‘dirayotgani ayni haqiqat.
Bugungidek, turizm sohasiga katta e’tibor qaratilib, ichki turizm, ziyorat turizmining rivoji uchun katta qadamlar tashlanayotgan bir paytda bunday holatga duch kelishning o‘zi attang degulik.
Bandixon tuman hokimi Abdumalik Allamuradov ushbu holatga to‘g‘ri baho bergan holda tashabbus ko‘rsatdi. Shu tariqa ziyoratgoh hududiga boruvchi avtomobil yo‘llarini ta’mirlash hamda ziyoratchilar uchun qulay sharoit yaratish maqsadida amaliy harakatlar boshlab yuborildi. Bir guruh obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan ziyoratchilarga piyodalar yo‘lakchasi uchun yo‘l tayyorlanmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelajak shifokorlari qasamyod qildi

Surxondaryo san’at saroyida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot...

Amaliy–nazariy mashg‘ulot o‘tkazildi

TDMAU Mexanika fakultetida yo‘l harakati xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan amaliy–nazariy...

Yangi yil yarmarkasi tashkil etildi

Sherobod tumanida Yangi yil arafasida aholiga qulaylik yaratish va...

96 million dollarlik loyiha boshlandi

Termiz tumanida Xitoyning Anhui Wende Holding Group kompaniyasi bilan...
KunTun
KunTun